📍 Место проведения: Республиканский специализированный кардиологический научно-практический медицинский центр
👉🏻 Пациент в течение многих лет страдал одышкой, учащённым сердцебиением, быстрой утомляемостью, головокружениями и периодическими обмороками. Теперь ему успешно имплантирован клапан Evolut от компании Medtronic. Эта операция подарила пациенту шанс вернуться к полноценной и качественной жизни, несмотря на тяжёлый аортальный стеноз.
🫀 TAVI (транскатетерная имплантация аортального клапана) — минимально инвазивный метод замены клапана, который имеет значительно меньший риск по сравнению с открытой операцией на сердце и позволяет пациенту быстрее восстановиться.
🤝 Операция была успешно проведена под руководством директора Центра, доктора медицинских наук Хуршида Гайратовича, совместно с интервенционными кардиологами Бахтиёром Абдуганиевичем и Нодиром Камиловичем.
🔥 Yurak klapanini almashtirish bo‘yicha yana bir muvaffaqiyatli amaliyot!
📍 Manzil: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
👉🏻 Bemorda uzoq yillar davomida nafas qisishi, hansirash, tez charchash, bosh aylanishi va ba’zida hushdan ketish holatlari kuzatilgan. Endilikda unga Medtronic kompaniyasining Evolut klapani muvaffaqiyatli o‘rnatildi. Ushbu operatsiya yurak klapanining og‘ir stenozidan aziyat chekayotgan bemorga sifatli hayot tarziga qaytish imkonini berdi.
🫀 TAVI (Transkateter aortal klapan implantatsiyasi) — yurak klapanini almashtirishning minimal invaziv usuli bo‘lib, ochiq yurak operatsiyasiga nisbatan xavfi kamroq, bemorning tiklanish muddati esa ancha tez.
🤝 Amaliyot markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori Xurshid G‘ayratovich rahbarligidagi jamoa hamda interventsion kardiologlar Baxtiyor Abdug’aniyevich va Nodir Kamilovich tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.












